XABARNAVIS - KIM? Buyuk Sohibqiron Amir Temur milliy va mintaqaviy xavfsizlik hamda barqarorlikni saqlash uchun o'z mamlakatining kichik viloyatidan to qo'shni davlatlarga qadar hududlar haqida to'g'ridan to'g'ri to'xtovsiz hisobot beruvchi maxsus xodimlar - xabarnavislar xizmatini tashkil etgan. Qandaydir ma'noda, ushbu xizmat bugungi razvedka va diplomatiya ishlarning prototipidir.
JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETINING XABARNAVISLAR MARKAZI doimiy tahliliy faoliyat va O'zbekiston Respublikasi davlat manfaatlari doirasida strategik ahamiyatga ega mamlakatlarning to'xtovsiz tahliliy kuzatuvini olib boruvchi talabalar markazidir. O'z faoliyatining asosiy va birlamchi maqsadi sifatida markaz nafaqat talaba va yoshlar, balki butun o'zbek jamiyatida dolzarb xalqaro jarayonlar va harbiysiyosiy o'zgarishlar oldida tizimli hushyorlik va ogohlik darajasini oshirishni oldiga qo'ygan.
"XABARNAVIS HISOBOTI" JURNALI markaz faoliyatining asosiy mahsulotlaridan biri bo'lib, unda markaz xabarnavislarining kuzatuvidagi mamlakat va mintaqalarda hafta davomida sodir bo'layotgan strategik ahamiyatli voqealar to'g'risida hisobot beriladi.
"XABARNAVISLAR DAVRASI" YOKI "ORAKUL" PODKASTI markazning yetakchi xabarnavislari tomonidan yuritiladigan doimiy muzokaraviy-tahliliy onlayn podkastidir. Unda dunyoda sodir bo'layotgan dolzarb jarayonlar Xalqaro munosabatlar va Siyosatshunoslikning yetakchi ilmiy nazariyalari asosida tahlil etiladi.
MELIBOYEV Elshodbek - Markaz asoschisi va amaldagi raisi, Afg'oniston bo'yicha Birinchi xabarnavis. Xalqaro munosabatlar fakulteti talabasi.
SATMURATOVA Sarbinaz - Markaz maslahatchisi, Eron bo'yicha xabarnavis. Xalqaro munosabatlar fakulteti talabasi.
DJURAYEVA Donoxon - Markaz maslahatchisi, Xitoy bo'yicha xabarnavis. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti talabasi.
MUZAFFAROV Asilbek - Markazning Sharqiy Yevropa bo'yicha xabarnavisi. Xalqaro munosabatlar fakulteti talabasi.
PARDAYEV Shahbozbek - Markazning Turkiya bo'yicha xabarnavisi. Xalqaro munosabatlar fakulteti talabasi.
SAYITOV Diyor - Markazning Iroq bo'yicha xabarnavisi. Xalqaro munosabatlar fakulteti talabasi.