Konspirativlik, ya‘ni maxfiylik prinsipi harbiy va diplomatik kasblarning muhim asoslaridan biri hisoblanadi.
Garchi hozirda jahon hamjamiyatida va siyosiy fanlarda ochiqlik va shaffoflik qattiq targ‘ib qilinsa-da, bunday siyosat mamlakatning milliy manfaatlarinining himoyasi va davlat xavfsizligi uchun katta zarar berishi mumkin. Shu sababdan ham o‘ta ahamiyatli diplomatik uchrashuv va aloqalar, muhim ammo kichik miqyosdagi harbiy tadbirlar aslo ovoza qilinmaydi, ularga aloqador har qanday ma‘lumotni saqlash va tarqatish qattiq nazorat ostiga olinadi.
Albatta, hozirgi kunda konspirativlik prinsipi harbiy va diplomatik kasblarining o‘ta tor, ammo butun boshli mintaqalarining taqdirini hal qiluvchi sohalarda qo‘llaniladi.
Maxsus diplomatik missiyalar. Mamlakat tomonidan urush vaqtida dushman davlat bilan muzokaralar olib borish, yoki ehtimoliy ittifoqdosh davlatlar bilan muhim strategik aloqalarni o‘rnatish, davlat rahbarlarining uchrashuvi va ular imzolaydigan kelishuvlarni ishlab chiqish vazifasiga ega diplomatik missiya va delegatsiyalarning faoliyati butgul sir saqlanadi. Ko‘pincha bunday ishchi guruhlarning borligi ham tor doiradagi hujjatlardan boshqa joylarda ovoza etilmaydi.
Razvedka xizmatlari. Xuddi shunday holat tashqi razvedka va kontrrazvedka organlari uchun ham tabiiy. Bunga sabab, albatta, ushbu sohada ma‘lumotning o‘zi qurol sifatida qo‘llanilishidir. Bunda mamlakatning himoyalanganligi uning nozik va muhim ma‘lumotlari tashqi muhit uchun qanchalar ochiq ekanligi bilan baholanadi.
"Agar dushmaning jizzaki boʻlsa, uning gʻazabi bilan oʻyna.
Oʻzingni zayif koʻrsat, toki u kibr gʻaflatiga choʻksin."
Sun Tzi
Urush rivojlanyapti, qiyofasi oʻzgaryapti, qurollar oʻzgaryapti. Bobolarimiz qilichlar bilan, otalarimiz miltiqlar bilan urushganlar, biz esa endi gʻoya va fikrlar bilan urushyapmiz. Omma aqli endi qudratli qurol bo'ldi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari maxsus kuchlari tarkibida psixologik operatsiya guruhlari nomli tuzilmalar mavjud. "Ishontir, oʻzgartir, taʼsir et" shiyori ostida ushbu harbiy xizmatchilar mamlakatning jahondagi qiyofasini, "brendini" shakllantirib, Yumshoq kuchini kattalashtirishadi. Va bunday tuzilmalar birgina AQSHda emas, yumshoq kuch va psixologik operatsiyalarning ahamiyatini anglab turgan har bir mamlakatda mavjud.
Yoki sen ularning ongini zabt etasan, yoki oʻz ongingni zabt ettirasan.
Albatta, psixologik urushning qudratini birgina mamlakatlar emas, buzgʻunkor va jinoiy harakatlar ham yaxshi anglashmoqda. Ekstremizm va radikalizm endi qurol orqali emas, balki soʻz va internet bloglar orqali tarqalmoqda.
Yoki sen ularning ongini zabt etasan, yoki oʻz ongingni zabt ettirasan.
Mafkura-yu gʻoyalar, yurakda otash uygʻotadigan jarangdor shiorlar qilich oʻqning oʻrnini egallashdi. Atrofingizga boqing, nimani tomosha qilib-u, nimani eshitayotganingizga eʼtibor bering — bu soʻzlar-u suratlar ortida nima bor, kim bor? Birgina chiroyli gap bilan sizni vatanparvarlik uyatli ish ekanligiga ishontirish oʻta osondir. Shunchalar osonki, oʻz yurtingizni birovlarga berib qoʻyishingizni sezmay ham qolasiz.
Yoki biz ularning ongini zabt etamiz, yoki oʻz ongimizni zabt ettirib qoʻyamiz.
Birgina ogohlik bilan, birgina uygʻoq nigoh bilan bunga qarshilik koʻrsatish mumkin. "Xabarnavis" loyihasining maqsadi shu. Vatan uchun sizni, oʻzimizni ogoh saqlash. Oʻz istiqbolimiz uchun uygʻoq turish. Bunda biz bilan boʻlish yoki boʻlmaslik — sizning tanlovingiz.
Xoʻsh, siz ularning ongini zabt etasizmi, yoki oʻz ongizni zabt ettirasizmi?